Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Simon JCHdagi «quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha Subisarretani ortda qoldirdi

Simon JCHdagi «quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha Subisarretani ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon milliy jamoa safida jahon chempionatlaridagi «quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha afsonaviy golkiper Andoni Subisarretani ortda qoldirdi.

Bu natija jahon birinchiligi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi uchrashuvdan (1:0) so‘ng qayd etildi. Ushbu bahs Simon uchun JCHlarda o‘tkazilgan 8 ta o‘yindagi beshinchi «quruq» o‘yin bo‘ldi. Subisarreta esa terma jamoalarning eng nufuzli musobaqasidagi 16 ta o‘yindan 4 tasida gol o‘tkazib yubormagan. Shu bilan birga, Andoni to‘rtta JCHda ishtirok etgan bo‘lsa, Unay uchun joriy mundial faoliyatidagi bor-yo‘g‘i ikkinchisidir.

Jahon chempionatlarida bundan ko‘p «quruq» uchrashuv faqat Iker Kasilyasga tegishli (7 ta) — u ham xuddi Subisarreta kabi to‘rtta JCHda qatnashgan. Iker ushbu turnirda jami 17 ta o‘yin o‘tkazgan.

Simon Ispaniya terma jamoasi safida jami 61 ta o‘yinda maydonga tushgan. Bu vaqt ichida u 48 ta gol o‘tkazib yuborib, 27 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Oldinda Ispaniyani JCH 1/16 finali doirasida Avstriyaga qarshi o‘yin kutmoqda, uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:22, 29.06.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик