Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Chelsi» Granit Jakani sotib olish harakatlarini to‘xtatmayapti

«Chelsi» Granit Jakani sotib olish harakatlarini to‘xtatmayapti

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi Granit Jaka transferi borasida «Sanderlend» bilan olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatish niyatida emas.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Chelsi» shu haftada 33 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi va boshi berk ko‘chaga kirib qolgan jarayonni oldinga surishga harakat qiladi. Avvalroq «ko‘klar» Jaka uchun 9,3 million yevro taklif qilishgan edi, biroq bu mablag‘ yetarli bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi transfer amalga oshishini talab qilmoqda, chunki u yana Xabi Alonso qo‘l ostida faoliyat yuritishni istaydi.

Ma’lumot uchun, Jaka o‘tgan yozdan buyon «Sanderlend» sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamoa tarkibida shveysariyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:21, 29.06.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик