Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

«Arsenal» Tonali transferidan voz kechdi

«Arsenal» Tonali transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda The Chronicle nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» futbolchining juda yuqori maosh talab qilgani sababli Tonali transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlamaslikka qaror qilishgan. Ta’kidlanishicha, yarim himoyachi «Arsenal»da yiliga 16,6 million yevro ishlab topishni, shuningdek, klub uning agentiga ushbu summaning 10 foizi miqdorida komission to‘lov to‘lashini istagan.

Hozirgi vaqtda «Nyukasl» bilan muzokaralarni «Tottenxem» klubi davom ettirmoqda. Avvalroq «shporlar» ushbu transferni taxminan 116 million yevro evaziga yakunlashga yaqin turganliklari haqida xabar berilgan edi.

Yakunlangan mavsumda Tonali barcha musobaqalarda jami 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:35, 29.06.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик