Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Rasman: Levandovski MLS klubi a’zosiga aylandi

Rasman: Levandovski MLS klubi a’zosiga aylandi

Baho:
+ | -

37 yoshli hujumchi Robert Levandovski — Amerikaning «Chikago Fayr» klubi futbolchisi. Bu haqda polshalik yulduzning yangi jamoasi matbuot xizmati rasman xabar bermoqda.

Robertning Chikago klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Mazkur jamoa MLS muntazam chempionatining Sharqiy konferensiyasi vakili hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Robert so‘nggi to‘rt yilni «Barselona»da o‘tkazgan edi. Bungacha u Poznanning «Lex», Dortmundning «Borussiya» va Myunxenning «Bavariya» klublarida to‘p surgan.

Levandovski — o‘n karra Germaniya chempioni, uch karra Ispaniya chempioni hamda UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. U faoliyati davomida jami 30 tadan ortiq sovrinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 13:33, 30.06.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик