Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Atletiko» 2026/27 yilgi mavsum uchun an’anaviy qizil-oq chiziqli yangi uy libosini taqdim etdi

«Atletiko» 2026/27 yilgi mavsum uchun an’anaviy qizil-oq chiziqli yangi uy libosini taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA / Klublar / Liboslar
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Atletiko» klubi 2026/27 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy liboslari to‘plamini namoyish etdi.

Ushbu liboslar to‘plami Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, klubning ramziga aylangan kult darajasidagi qizil-oq yo‘l-yo‘l chiziqlariga hurmat bajo keltiradi.

«Atletiko» bayonotida ta’kidlanishicha, yangi forma «klub an’analarini va maydonda havo o‘tkazuvchanligi hamda harakat erkinligini yaxshilaydigan Nike Aero-Fit texnologiyasini o‘zida mujassam etgan».

An’anaviy qizil-oq chiziqlar V-simon shakldagi to‘q ko‘k rangli yoqa bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u yenglar, shorti va getrilardagi ramkalar bilan mos tushadi. Shuningdek, libosdagi qizil chiziqlar ustiga Madridning Kanovas-del-Kastilyo maydonida joylashgan Neptun favvorasiga ishora qiluvchi uch shoxli nayza tasviri tushirilgan.

Kiritildi: 15:49, 30.06.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик