Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

O‘zbekiston Prezidenti JCH-2026dagi debyutdan so‘ng terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

O‘zbekiston Prezidenti JCH-2026dagi debyutdan so‘ng terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoaning futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatidagi debyut ishtirokidan so‘ng aybdorlarni qidirmaslikka va futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va DR Kongo (1:3) jamoalariga imkoniyatni boy berib, pley-off bosqichiga yo‘l ololmadi.

«Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan futbolchilarimizga nisbatan his-tuyg‘ularga berilib e’tiroz bildirish va ulardan aybdor qidirish — xalqimiz fe’l-atvoriga mos emas. Aksincha, bugun ularni har qachongidan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlashimiz va jangovar ruhini ko‘tarishimiz juda muhim», — dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari Portugaliya, Kolumbiya va DR Kongo terma jamoalari bilan o‘yinlar o‘zbekistonlik futbolchilarga qimmatli tajriba taqdim etganini hamda dunyo birinchiligi muhitini his qilish imkonini berganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarixida jahon chempionatlaridagi ilk gollarni kiritib, muxlislarga yorqin tuyg‘ularni taqdim etganini eslatib o‘tdi.

«Kelgusi yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi. Biz jamoamizga ishonamiz va butun mamlakat bo‘lib ularni ushbu turnirda ham qo‘llab-quvvatlaymiz!» — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Jahon chempionati o‘z tarixida ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida uchta mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

Kiritildi: 16:02, 30.06.2026.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик