Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Kollina Germaniyaning Paragvay darvozasiga kiritgan goli nima uchun bekor qilinganini tushuntirdi

Kollina Germaniyaning Paragvay darvozasiga kiritgan goli nima uchun bekor qilinganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

FIFA Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan Germaniya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda nemislarning bekor qilingan goli bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda Jonatan Ta to‘pni Paragvay terma jamoasi darvozasiga kiritgan edi, biroq bosh hakam VAR aralashuvidan so‘ng golni bekor qildi. Hakamlar Valdemar Anton raqib darvozaboniga nisbatan qoida buzgan deb hisoblashdi.

FIFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Pyerluidji Kollina bu kabi vaziyatlar dunyo birinchiligi boshlanishidan avval terma jamoalar vakillari bilan batafsil muhokama qilinganini ta’kidladi.

«Agar hujumchi futbolchi to‘pga e’tibor qaratmasdan, qasddan — hatto sezilarli bo‘lmasa ham — raqibning harakatlanishiga xalaqit berish niyatida surilsa va unga himoyalanishga imkon bermasa, hakamlar, jumladan VAR ham bunday vaziyatlarni diqqat bilan tahlil qilishi va jarayonga aralashishi shart».

«Ayniqsa, bunday harakatlar darvozabonning o‘z darvozasini qo‘riqlashiga xalaqit bergan holatlarga tegishli. Murabbiylar va futbolchilar bu haqda oldindan ogohlantirilgan edi. Bunday qarorlar ular uchun kutilmagan holat bo‘lmasligi kerak», — deya Kollinaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.

Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Paragvay 1/8 finalga yo‘l oldi va u yerda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:04, 01.07.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик