«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning agenti Xavyer Pastore Madridning «Real» klubi tomonidan futbolchiga bo‘layotgan qiziqishlar haqidagi xabarlarga izoh berdi.
– Ha, Madridning «Real» klubi ham tilga olingan edi. «Real» eng yaxshi futbolchilarni yaxshi ko‘radi, Enso esa joriy mavsumda eng yaxshilardan biri bo‘ldi. U «Real»ga yoqadigan futbolchi va unga ham «Real» yoqadi, xuddi [Ispaniya] la ligasining boshqa klublari kabi. Endi biz biroz kutishimiz kerak.
– Enso Ispaniya poytaxtiga tashriflari chog‘ida Madridda o‘zini juda baxtli his qilganini inkor etib bo‘lmaydi.
– Sizlarning barchangiz uni intiqlik bilan kutyapsiz, albatta, u baxtli, ammo u Londonda ham baxtli. Chunki futbolchi o‘zi bo‘lib turgan joyida o‘zini qulay his qilsagina eng yaxshi natijalarini ko‘rsata oladi. Enso Angliya poytaxtida baxtli edi. U mening oldimga tez-tez kelib turar va Ispaniyada, xususan, «Atletiko»da o‘ynaydigan do‘stlari bilan uchrashardi.
Albatta, unga Madrid yoqadi, lekin unga London ham yoqadi. Buni unutmaylik. Yil davomida bir necha bor gaplashishimizga to‘g‘ri keldi, shu sababli u Madridga ko‘p marta kelgan, — dedi Pastore.













