Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi uchrashuvdan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyaliklar 1/16 finalda Xorvatiya ustidan irodali g‘alabani ilib ketishgan bo‘lsa (2:1), sal avvalroq ispanlar Avstriya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etishgandi (3:0).
«Ispaniyaga qarshi o‘yinda favorit bo‘lmasligimizni bilaman, chunki ilgari Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan jamoalar ruhiy ustunlikka ega bo‘lishadi. Ammo men oxirgi vaqtlar ichida ko‘p narsani o‘rganganimizga va ancha kuchliroq bo‘lganimizga ishonaman», — dedi Martines matbuot anjumanida.
Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













