«Hall Siti» rasmiy sayti orqali tajribali darvozabon Jek Batlendning «Reyndjers»dan jamoa safiga qo‘shilganini e’lon qildi.
32 yoshli golkiper «yo‘lbarslar» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transferning moliyaviy shartlari esa oshkor qilinmadi.
Jek «Birmingem Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida u «Stok Siti», «Lids Yunayted», «Derbi Kaunti», «Kristal Pelas» va yana bir qator klublar sharafini himoya qilgan.
Darvozabon 2023 yil yozidan buyon Shotlandiyaning «Reyndjers» klubida to‘p surib kelayotgan edi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 157 ta uchrashuvda maydonga tushib, 55 marta o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Batlendning ayni paytdagi bozor qiymati 1,5 million yevroga baholanmoqda.













