Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Kabo-Verdega qarshi kechgan uchrashuvning mazmuni haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
JCH-2026ning 1/16 finali doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu bahs qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng «albiseleste»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Asosiy 90 daqiqa tugaganida tabloda 1:1 hisobi aks etib turgan edi.
«Biz kiritgan birinchi golimiz o‘yinni nazorat qilishimizga va xotirjamroq harakat qilishimizga yordam beradi deb o‘ylagandik — biroq buning tamomila teskarisi sodir bo‘ldi. Biz to‘pni yo‘qota boshladik, ba’zi vaziyatlarda haddan tashqari chuqur himoyalandik va o‘zimiz istagandek pressing qila olmadik.
Jahon chempionatini mana shunday o‘ziga xos turnirga aylantiradigan jihat ham aynan shundadir! Biz bor kuchimizni berdik, ammo baribir o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmadik», — deya The Touchline nashri uchrashuvning 29-daqiqasida birinchi golni urgan Messining so‘zlarini keltiradi.
Aynan ushbu 39 yoshli forvard uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













