«Almeriya» yarim himoyachisi Serxio Arribas shu yozda klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
A BOLA nashrining xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Portugaliyaning «Benfika» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispaniya klubi o‘z o‘yinchisini 20 million yevroga baholamoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, sotuv summasining 50 foizi «Real Madrid» klubiga tegadi. Shu tariqa, «qaymoqranglilar» bu transferdan naqd 10 million yevro ishlab olishlari mumkin.
Serxio Arribas «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yilda 6 million yevro evaziga «Almeriya»ga o‘tgan edi va o‘shanda kelishuvga futbolchining keyingi sotuvidan 50 foiz ulush olish bandi kiritilgan. Xavbekning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Arribas «Almeriya» safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 26 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













