Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Tyago Alkantara «MYU» yulduzi Maynu uchun eng ideal pozisiyani aytdi

Tyago Alkantara «MYU» yulduzi Maynu uchun eng ideal pozisiyani aytdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» va «Liverpul» klublari sobiq futbolchisi Tyago Alkantara «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Maynuning o‘yini menga yoqadi. Men undan "sakkizlik" (markaziy yarim himoyachi) pozisiyasida foydalangan bo‘lardim, chunki u himoyalanishni ham, agressiv o‘ynashni ham biladi. Raqiblarni aldab o‘tish, jarima maydonchasi ichiga yorib kirish va gol urish qo‘lidan keladi. Maydonda o‘zini tutishiga qaraganda, u — haqiqiy "sakkizlik".

Uni "o‘nlik" (hujumkor yarim himoyachi) pozisiyasiga qo‘ya olmaysiz. Agar u orqasida raqib follarini bartaraf etadigan kimdir borligini bilsa, himoya haqida ko‘p bosh qotirmasdan, oldinga o‘tishi va jarima maydonchasiga yorib kirishi mumkin bo‘ladi», — dedi Alkantara Rio Ferdinandning podkastida.

Kobbi Maynu — «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safinda barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:01, 04.07.2026.
O'qildi: 1627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик