Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Messi JCHda o‘ziga xos natija qayd etdi

Messi JCHda o‘ziga xos natija qayd etdi

Baho:
+1 | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati–2026da o‘tkazilgan barcha to‘rtta uchrashuvda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan yagona futbolchiga aylandi.

U JCH–2026 1/16 finalida Kabo-Verdega qarshi uchrashuvning 29-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. AQSHning Mayami shahridagi “Hard Rock” stadionida o‘tayotgan bahsning ushbu daqiqasida Argentina 1:0 hisobida oldinda bormoqda.

Messi guruh bosqichida ham yuqori natijadorlik ko‘rsatdi. U Jazoirga qarshi ilk tur uchrashuvida xet-trik qayd etdi (3:0), Avstriyaga qarshi ikkinchi tur bahsida dubl muallifiga aylandi (2:0), Iordaniyaga qarshi uchinchi turda esa yana bitta gol urdi.

Shu tariqa, Lionel Messi JCH–2026da ishtirok etgan barcha to‘rtta o‘yinda ham gol urgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo hamda Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe ham turnirdagi barcha to‘rtta uchrashuvda samarali harakat amalga oshirgan, biroq ularning natijalari gol va assistlar hisobiga qayd etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:07, 04.07.2026.
O'qildi: 2073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик