Paragvay terma jamoasi ustozi Gustavo Alfaro Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 finali doirasida Fransiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Fransuzlar ushbu mundialdagi bundan oldingi o‘yinlarida 60 daqiqa ichida masalani hal qilib (natija ko‘rsatib) kelishayotgan edi. Bu galgi bahsda esa, agar o‘sha 11 metrlik jarima zarbasi bo‘lmaganida, ularda hech qanday ustunlik bo‘lmasdi. Ular bu g‘alabaga erishish uchun qanchalik katta kuch sarflashganini juda yaxshi tushunib turishibdi. Men jamoamiz ko‘rsatgan o‘yindan faxrlanaman», — deya mutaxassisning so‘zlarini Ole nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv fransuzlarning 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol muallifi ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida penaltini aniq amalga oshirgan hujumchi Kilian Mbappe bo‘ldi.













