Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Avstraliya futbol federasiyasi terma jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatladi

Avstraliya futbol federasiyasi terma jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Avstraliya futbol federasiyasi milliy terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatini tark etganidan so‘ng, bosh murabbiy Toni Popovichni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. 1/16 final uchrashuvida Avstraliya Misr terma jamoasiga 1:1 (penaltilar seriyasida 2:4) hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi.

«Biz, albatta, natijadan mamnunmiz, lekin bizda har doim bundan-da yaxshiroq bo‘lish uchun salohiyat bor. Nimalar qildik, nimalar qilishimiz kerak edi, yana nimalar qilish mumkin edi — turli xil yechimlar ustida bosh qotiryapmiz. Biroq bir narsani aniq aytish mumkin: taxminan bir yarim yil oldin Toni Popovichni murabbiylik postiga taklif qilganimizdan faxrlanamiz. U milliy terma jamoalarimiz standartlarini nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham elita darajasiga olib chiqdi.

Jahon chempionati boshlanishiga bir kun qolganida Toni Popovich bilan shartnomani uzaytirdik, chunki biz o‘ziga xos vaziyatda qolgan edik: keyingi yirik turnir — Osiyo Kubogiga bor-yo‘g‘i yarim yil vaqt qoldi. O‘yinchilar va murabbiylar shtabi uchun barqarorlik juda muhim va men ushbu qaror jamoaning Osiyo Kubogi arafasida o‘sishga erishishiga yordam berishiga aminman», — deya Avstraliya futbol federasiyasi direktori Martin Kugelerning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Kiritildi: 17:22, 05.07.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик