Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Yeremi Pino milliy jamoa yarim himoyachisi Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Laminning barcha hazillarini xotirjam qabul qilaman. U mehribon, oqil va mas’uliyatli inson. Uning maydonda o‘zini tutishi hayotdagi xarakterini to‘liq aks ettiradi. U bilan sodir bo‘layotgan barcha yaxshi narsalar bizning ham foydamizga xizmat qiladi», — deya Pinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Diario Sport.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l olgan edi. Jamoa 6 iyul kuni «Ey-Ti-end-Ti» stadionida (Arlington, Texas, AQSH) Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













