Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Meksika terma jamoasi futbolchilari bloger sovg‘a qilgan Rolex soatlarini qabul qilmadi

Meksika terma jamoasi futbolchilari bloger sovg‘a qilgan Rolex soatlarini qabul qilmadi

Baho:
+ | -

Meksika terma jamoasi futbolchilari bloger Stevewilldoit tomonidan sovg‘a qilingan qimmatbaho Rolex soatlarini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, JCH-2026 1/16 finalida Ekvadorga qarshi (2:0) o‘yindan oldin bloger meksikaliklar yig‘iniga tashrif buyurgan. U futbolchilarga narxi 30 mingdan 90 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan Rolex soatlarini sovg‘a qilgan. Sovg‘alarning umumiy qiymati taxminan 1 million dollarga teng bo‘lgan.

Stevewilldoit bu sovg‘ani o‘zi avval Meksikada yashaganligi, shuningdek, terma jamoaning 1/8 finalga chiqishiga 2 million dollar tikkani sababli taqdim etganini aytgan.

Biroq Meksika terma jamoasi futbolchilari soatlarni qaytarishga qaror qildi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchilar o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho sovg‘alarni qabul qila olmaydi. Mazkur talabni buzganlarga jarima solinishi, shuningdek, ikki yilgacha futboldan chetlatish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:27, 05.07.2026.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик