Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Norvegiya jamoasi bilan to‘qnash keldi. Karlo Anchelotti shogirdlari skandinaviyaliklarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, mundialni tark etishdi.
«Barselona» va «PSJ» klublarining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich uchrashuv natijasiga munosabat bildirdi.
«Agar sher och bo‘lsa, u ov qiladi. Norvegiya terma jamoasi menga 1994 yilgi mundialdagi Shvesiyani eslatib yubordi. Ular qanchalik uzoqqa bora olishlari men uchun qiziq. Braziliyaliklarga kelsak, ular turnir boshidanoq ishonchli o‘yin ko‘rsata olishmayotgandi. Anchelottining o‘zgarishlari ish bermadi. Norveglar chiroyli o‘yin namoyish etishdi, braziliyaliklar esa xuddi shamolda raqs tushgandek bo‘lishdi», — deya skandinaviyalik sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi CNN Brasil.
Nufuzli turnirning 1/4 finalida Norvegiyaga Angliya terma jamoasi raqiblik qiladi.













