Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

AQSH elchisi Trampning Infantinoga qo‘ng‘irog‘i haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

AQSH elchisi Trampning Infantinoga qo‘ng‘irog‘i haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Baho:
+ | -2

AQSHning Belgiyadagi elchisi Bill Uayt Donald Tramp Belgiyaga qarshi o‘yin oldidan Folarin Balogunning diskvalifikasiyasini qoldirish haqidagi FIFA qaroriga ta’sir o‘tkazmaganini ma’lum qildi.

AQSH terma jamoasi hujumchisi JCH-2026ning 1/16 finali doirasida Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) Tarik Muxaremovichning to‘pig‘ini bosib olgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Keyinchalik FIFA Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasini bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turdi. Shu tariqa, hujumchi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi maydonga tusha oladigan bo‘ldi.

Bundan oldin AQSH Prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantinoga ikki marta — Balogun maydondan chetlatilganidan keyin va diskvalifikasiya to‘xtatib turilganidan so‘ng qo‘ng‘iroq qilgani xabar qilingan edi.

«Prezident Tramp hech qachon FIFAning ichki ishlariga aralashmagan bo‘lardi. U FIFAga vaziyat hal bo‘lganidan keyin minnatdorchilik bildirdi, xolos.

Butun dunyodagi aksariyat futbol muxlislari uchun ushbu qizil kartochkaning asossiz ekanligi mutlaqo ayon edi. O‘yinlar adolatli o‘tishini ta’minlash uchun Jahon chempionati davomida bunday muhim qarorlarni qayta ko‘rib chiqish foydadan xoli emas.

Noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun musobaqada o‘yin ahamiyati juda yuqori. Men FIFA komissiyasiga ushbu xatoni to‘g‘irlashni lozim deb topgani uchun minnatdorchilik bildiraman, bu qarorni boshqa hech kim emas, aynan ularning o‘zlari qabul qilishdi. Belgiyadagi barcha vatandoshlarimiz ushbu o‘yinni intiqlik bilan kutishmoqda. Kuchlisi g‘olib bo‘lsin!», — deb yozdi Uayt o‘z Twitter (X) sahifasida.

Kiritildi: 17:18, 06.07.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик