«Monako» klubi Filipe Luisning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.
40 yoshli braziliyalik mutaxassis Liga 1 klubi bilan ikki yillik — 2028 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Filipe Luis bu lavozimda mavsum yakunida klubdan bo‘shatilgan Sebastyan Pokonyolini almashtirdi.
Ma’lumot uchun, shu yilning mart oyigacha Filipe Luis «Flamengo» klubini boshqarib kelayotgan edi va u yerda Braziliya chempionati, Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Libertadores Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.













