Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

JCH-2026: Tramp ham yordam berolmadi. Belgiya yirik hisobda AQSHni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

JCH-2026: Tramp ham yordam berolmadi. Belgiya yirik hisobda AQSHni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Baho:
+2 | -

2026-yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan AQSH hamda Belgiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda yevropaliklar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Sietl shahridagi “Lumen Field” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv belgiyaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 9-daqiqasidayoq Sharl De Ketelare hisobni ochdi. 31-daqiqada Malik Tillman muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay, 33-daqiqada De Ketelare o‘zining ikkinchi golini urib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Birinchi taym 1:2 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlikni qo‘ldan boy bermagan Belgiya milliy jamoasi safida Hans Vanaken 57-daqiqada uchinchi golni urgan bo‘lsa, uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda (90+3-daqiqa) Romelu Lukaku yakuniy nuqtani qo‘ydi. E’tiborlisi, AQSH prezidenti Donald Trampning iltimosiga ko‘ra diskvalifikasiyasi bekor qilingan va matbuotda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan amerikalik hujumchi Folarin Balogun asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa-da, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Uchrashuvda dubl qayd etgan Sharl De Ketelare 8.5 ball bilan eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.

Pley-off to‘riga ko‘ra, chorak finalga yo‘llanma olgan Belgiya milliy jamoasi endi 1/8 finalda Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Ispaniyaga qarshi to‘qnash keladi. Mazkur chorak final uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mezbonlardan biri bo‘lgan AQSH uchun musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.

Jahon chempionati-2026. 1/8 final
AQSH — Belgiya 1:4
Gollar: 0:1 — Sharl De Ketelare (9), 1:1 — Malik Tillman (31), 1:2 — Sharl De Ketelare (33), 1:3 — Hans Vanaken (57), 1:4 — Romelu Lukaku (90+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:02, 07.07.2026.
O'qildi: 1367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик