«Vest Xem» vingeri Krisensio Sammervill «Liverpul»ning transfer ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» 24 yoshli niderlandiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish ko‘rsatmoqda. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar Sammervill transferi borasida aniq qadam tashlab ulgurishgan. Futbolchi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng deyarli 60 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Fulxem» klublari ham Sammervillga da’vogarlik qilmoqda.
Yakunlangan klub mavsumida hujumchi barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bor ishg‘ol etdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













