«Barselona»ning sobiq futbolchisi Tyago Alkantara dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Pedrini e’tirof etdi.
«Yamal — bu fenomen. U istalgan joyda va istalgan jamoa bilan g‘alaba qozona oladi. Kelasi yillarda u eng zo‘ri bo‘ladi. Ammo hozirda eng yaxshisi — uning jamoadoshi Pedri, u o‘z pozisiyasida eng zo‘ri. Men uni Andres Inyestaga o‘xshataman», — deya Alkantaraning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.













