Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Kan: "JCH-2002 yarim finalidagi Ballakning sariq kartochkasini bekor qilishni taklif qilaman"

Kan: "JCH-2002 yarim finalidagi Ballakning sariq kartochkasini bekor qilishni taklif qilaman"

Baho:
+1 | -

Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilinishiga piching bilan munosabat bildirdi.

«Monako» sharafini himoya qiluvchi futbolchi Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘tgan bahsdagi (2:0) qizil kartochkasidan keyin diskvalifikasiyasi vaqtincha to‘xtatilgani tufayli JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Belgiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta oldi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Balogunning maydondan chetlatilishini FIFA rahbari Janni Infantino bilan muhokama qilganini tan olgan edi.

AQSH terma jamoasi Belgiyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, jahon chempionatini tark etdi.

«Modomiki, biz endi futbol tarixini qaytadan yozayotgan ekanmiz, menda bir taklif bor: FIFAdan Mixael Ballakning 2002 yilgi jahon chempionati yarim finalida olgan sariq kartochkasini bekor qilishini so‘ragan bo‘lardim, o‘sha sababli u finalda o‘ynay olmagandi.

Shunday ekan, xuddi shu muvaffaqiyat bilan Braziliyaga qarshi final o‘yinini qaytadan o‘tkazsak ham bo‘laveradi», — deb yozdi Kan Tvitterdagi sahifasida.

Ballak Janubiy Koreyaga qarshi kechgan yarim final uchrashuvida (1:0) sariq kartochka olib, diskvalifikasiya tufayli finalni o‘tkazib yuborgan edi. Hal qiluvchi bahsda nemislar Braziliyaga yutqazishgan (0:2).

Kiritildi: 16:49, 07.07.2026.
O'qildi: 1522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик