Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Misrga qarshi o‘yinning (3:2) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu uchrashuvning 79-daqiqasigacha Messi jamoasi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan edi. Bahs Atlantadagi «Mersedes-Bens Stedium» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fransiyalik bosh hakam Fransua Leteksye boshqarib bordi.
Messi o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hujumchi penaltidan unumli foydalana olmagan edi.
Chorak finalda Argentina Kolumbiya yoki Shveysariya bilan to‘qnash keladi. Messining JCH-2026 turniridagi gollari soni 8 taga yetdi va u ayni damda musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi. Shuningdek, argentinalik yulduz jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi.













