Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Endrik JCH-2026 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Endrik JCH-2026 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik jamoa JCH-2026 turnirini tark etganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi. Braziliyaliklar 1/8 finalda Norvegiyaga imkoniyatni boy berishdi (1:2).

«Hammani o‘zim xohlagandek qo‘llab-quvvatlash uchun so‘z topish menga hali ham qiyin bo‘lyapti, lekin ko‘pchilikka rahmat aytishim kerakligini bilaman. Avvalo Xudoga — ushbu imkoniyat uchun, oilamga — mehr va dalda uchun, shuningdek, barcha braziliyaliklarga — bizga ishonganlari va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Tariximizdan faxrlanish va eng bosh sovrinni yana qo‘lga kiritish umidi meni har kuni oldinga boshlashda davom etadi. Va shu kunlarning har birida biz yana birga bo‘lishimiz hamda yanada kuchliroq bo‘lib qaytishimiz uchun qo‘limdan kelgan barcha ishlarni qilaman», — deb yozdi Endrik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

19 yoshli Endrik JCH-2026 turnirida 4 ta o‘yinda jami 111 daqiqa harakat qildi va birorta ham natijali harakat amalga oshira olmadi. U faoliyati davomida milliy terma jamoa libosida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:58, 08.07.2026.
O'qildi: 496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик