Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Misrga qarshi o‘yin (3:2) yakunlarini sarhisob qildi.
"To‘g‘risini aytsam, keyingi bosqichga chiqqanimizdan, ayniqsa, bunga qanday tarzda erishganimizdan juda baxtliman. Hisob 0:2 bo‘lganidan keyin vaziyat ancha murakkablashdi. O‘yinni o‘z foydamizga burib keta olganimizdan aql bovar qilmas hissiyotlarni tuyyapman. Bizga yana juda qiyin bo‘ldi, lekin bu — jahon chempionati. Bu yerda barcha o‘yinlar shunday o‘tadi. Hamma jamoalarning darajasi deyarli teng. Men juda baxtliman.
0:2 hisobidan keyin vaziyatni o‘nglash umuman oson emas... Lekin, doim aytganimdek, bu jamoa hech qachon tushkunlikka tushmaydi va oxirigacha kurashadi. Baxtimizga, Kuti (Kristian Romero) tezkor gol urdi, bizda hali vaqt bor edi va g‘alabani asosiy vaqtning o‘zidayoq ilib keta oldik. Bugun bu jamoaning qilgan ishi — haqiqiy jinnilik. Men juda baxtliman va muxlislarimiz ushbu turnirdan zavq olishda davom etayotganlaridan xursandman. Umid qilamanki, ularni bundan keyin ham quvontirishda davom etamiz", — deya Messining so‘zlarini TyC Sports nashri keltiradi.













