Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Messi, Myuller va Son Xyon Min MLS Yulduzlar o‘yinida maydonga tushadi

Messi, Myuller va Son Xyon Min MLS Yulduzlar o‘yinida maydonga tushadi

Baho:
+ | -

MLS 29 iyul kuni Sharlottda (Shimoliy Karolina) bo‘lib o‘tadigan «Yulduzlar o‘yini» ishtirokchilari tarkibini e’lon qildi. Ushbu jamoaga Meksikaning «Liga MX» vakillari raqiblik qiladi.

Tarkibga 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari bo‘lgan 13 nafar futbolchi, jumladan, «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi kiritildi. Shuningdek, «Vankuver» yarim himoyachisi Tomas Myuller va «Los-Anjeles» hujumchisi Son Xyon Min ham chaqirildi.

Umuman olganda, MLS Yulduzlar o‘yiniga 15 ta millat vakillari chaqirilgan bo‘lib, AQSH eng ko‘p — 10 nafar futbolchi bilan taqdim etilgan.

29 iyul kungi o‘yin uchun MLS Yulduzlar terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: Maksim Krepo («Orlando»; murabbiy tanlovi), Mett Friz («Nyu-York Siti»; murabbiy tanlovi), Brayan Shvake («Neshvill»; ovoz berish natijalariga ko‘ra).

Himoyachilar: Maks Arfsten («Kolambus»; murabbiy tanlovi), Lukas Xerrington («Kolorado»; murabbiy tanlovi), Richi Larya («Toronto»; komissioner tanlovi), Entoni Markanich («Minnesota»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Mbekezeli Mbokazi («Chikago»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Stiven Moreyra («Kolambus»; murabbiy tanlovi), Deniyel Myuni («San-Xose»; murabbiy tanlovi), Endi Naxar («Neshvill»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Djekson Reygen («Sietl»; murabbiy tanlovi), Tim Rim («Sharlott»; ovoz berish natijalariga ko‘ra).

Yarim himoyachilar: Sebastyan Berxalter («Vankuver»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Pep Byel («Sharlott»; murabbiy tanlovi), Rodrigo De Paul («Inter Mayami»; murabbiy tanlovi), Evander («Sinsinnati»; murabbiy tanlovi), Karles Xil («Nyu-Inglend»; murabbiy tanlovi), Zavyer Gozo («Solt-Leyk»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Xan Muxtar («Neshvill»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Tomas Myuller («Vankuver»; murabbiy tanlovi), Eshli Uestvud («Sharlott»; murabbiy tanlovi).

Hujumchilar: Ugo Kyoypers («Chikago»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Anders Dreyer («San-Diyego»; murabbiy tanlovi), Djulian Xoll («Nyu-York Red Bullz»; komissioner tanlovi), Son Xyon Min («Los-Anjeles»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Lionel Messi («Inter Mayami»; ovoz berish natijalariga ko‘ra), Petar Musa («Dallas»; murabbiy tanlovi), Sem Serridj («Neshvill»; murabbiy tanlovi).

Kiritildi: 08:53, 09.07.2026.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик