«Nyukasl»ga tegishli braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes APLning amaldagi chempioni — Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «kanonirlar» futbolchining transferi uchun «qarg‘alar»ga taxminan 76 million yevro taklif qilishgan, ammo rad javobini olishgan. «Nyukasl» rahbariyati 28 yoshli xavbekning sotuvidan kamida 80 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
O‘tgan mavsumda Gimaraes 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol va sakkizta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
JCH-2026 musobaqasida esa Bruno Braziliya terma jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.













