Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo hujumchi Lamin Yamalning joriy jahon chempionatidagi kam samaradorligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Hatto Lamin gol urmagan taqdirda ham, u o‘z driblingi va shunchaki maydonda borligi bilan bizga ko‘p narsa beradi. Unga doimo uch-to‘rt nafar o‘yinchi yaqin yuradi, bu esa raqibga boshqa zonalarda muammolar tug‘diradi. U bizga yordam berishda davom etishiga aminmiz», — deya Olmoning so‘zlarini keltiradi Marca.
18 yoshli Yamal 2026 yilgi jahon chempionatining barcha beshta o‘yinida ishtirok etib, bitta gol muallifi bo‘ldi. Hozircha uning hisobida golli uzatmalar mavjud emas.













