Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Liverpul» Mintega qiziqish bildirmoqda

«Liverpul» Mintega qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Liverpul» yaqin ikki hafta ichida «Brayton» vingeri Yankub Minteni transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 21 yoshli futbolchini «RB Leypsig» a’zosi Yan Diomandega muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Inglizlar "buqalar" bilan muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga kelgani bois, e’tiborini Mintega qaratgan.

Shu bilan birga, «Brayton» o‘z futbolchisini sotishga shoshilmayapti. Klub Mintening transfer narxini taxminan 82–92 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Yankub Minte barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 45 million yevroni tashkil etadi.

Manba: www.euro-football.ru
Kiritildi: 13:35, 10.07.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик