Norvegiyaning markaziy hujumchisi Erling Xoland 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Fransiya va Marokash o‘rtasidagi o‘yinda hakamlar guruhini tanqid qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda skandinaviyalik hujumchi Fransiya terma jamoasi penalti tepishdan oldin uzoq kutishdan noroziligini bildirdi.
"Penalti tepish uchun besh daqiqa kutish juda ko‘p", deb yozdi yulduz hujumchi.
O‘yin Fransiyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mbappe va Dembele gol urishdi.
Desham shogirdlari yarim finalda Ispaniya bilan to‘qnash kelishadi. O‘yin 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













