Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Makron Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 yarim final uchrashuviga tashrif buyurmaydi

Makron Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 yarim final uchrashuviga tashrif buyurmaydi

Baho:
+ | -

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Didye Desham shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Jahon chempionati — 2026 yarim final bahsiga borishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuv Fransiyaning milliy bayrami — Bastiliya olingan kunga to‘g‘ri keladi. Ushbu kunda prezident an’anaviy tarzda Yelisey maydonlaridagi harbiy paradda ishtirok etadi.

Biroq, agar Fransiya terma jamoasi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘llanma olsa, Makron AQSHga uchib boradi. Siyosatchi bundan oldingi ikkita hal qiluvchi final uchrashuvlarida (2018 va 2022 yillarda) ham bevosita stadiondan turib jamoani qo‘llab-quvvatlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Marokko ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) evaziga JCH-2026 yarim finaliga yo‘l olgan bo‘lsa, ispaniyalik futbolchilar Belgiya to‘sig‘idan (2:1) muvaffaqiyatli o‘tib, ushbu bosqichga yo‘llanma olishgan.

Kiritildi: 16:23, 11.07.2026.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик