«Arsenal» klubi «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda MailSport nashri xabar tarqatdi.
London klubi futbolchiga jiddiy qiziqish ko‘rsata boshladi. O‘z navbatida, «Aston Villa» Konsa uchun yuqori narx belgilagan. Birmingemliklar himoyachining transferidan kamida 50 million funt ishlab olishni ko‘zlashmoqda.
Biroq «Arsenal» futbolchini bir oz arzonroq baholamoqda. Londonliklar Ezri Konsa uchun «Aston Villa»ga 35 million funtdan ortiq to‘lashga tayyor emaslar.













