Shveysariya yarim himoyachisi Granit Jaka JCH-2026 chorak finalida Argentinaga qarshi kechgan o‘yindan (1:3) so‘ng fikr bildirdi.
«O‘yin boshida gol o‘tkazib yubordik, lekin keyin tashabbusni qo‘lga oldik. Birinchi bo‘limda raqibda boshqa vaziyatlar bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik bizda edi, hisobni tenglashtirdik va g‘alabaga ishongandik. Biroq chetlatish hammasini o‘zgartirib yubordi, qizil kartochka rejamizni barbod qildi», — dedi futbolchi The Athletic nashriga.
Yarim finalda Argentina Angliyaga qarshi o‘ynaydi (15 iyul).













