Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Uels shahzodasi va malikasi Angliya terma jamoasiga murojaat qildi

Uels shahzodasi va malikasi Angliya terma jamoasiga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati – 2026 chorak final bahsida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa turnir yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda amaldagi chempion — Argentina bilan to‘qnash keladi.

Uels shahzodasi Uilyam va malika Ketrin «uch sherlar»ni (Angliya terma jamoasi) ushbu g‘alaba bilan qutlashdi.

«Qiyin sharoitlarda kechgan ajoyib o‘yin. Sizlar o‘zgacha terma jamoasiz. Norvegiya uchun afsusdamiz. Oldinda yarim final!» — deyiladi shahzoda va malikaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Angliya mundial finali yo‘llanmasi uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 15 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Kiritildi: 12:46, 12.07.2026.
O'qildi: 385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик