Kamerunlik sobiq hujumchi Samuel Eto’O Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
"Kilian Mbappe o‘z avlodining eng yaxshi fransuz futbolchisi va hatto barcha davrlarning eng buyuk fransuz futbolchisi sifatida to‘liq tan olinishi uchun yana nima qilishi kerak?", dedi Eto’O Le Parisien bilan suhbatda.
Mbappe 2018 yilgi Jahon chempionati chempioni, 2022 yilgi finalchi va Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari. 2026 yilgi Jahon chempionatida u oltita o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va uchta golli uzatma bergan. Fransiya yarim finalga yo‘l oldi va u yerda 14 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi.













