«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalning Ispaniya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ko‘k-anorranglilar» vingeri hozircha yuqori samaradorlik ko‘rsatayotgani yo‘q — oltita o‘yinda bitta gol. Ispaniya yarim finalga chiqdi va u yerda Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.
«Menimcha, Lamin jahon chempionatini a’lo darajada o‘tkazmoqda. U ikki marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Qolganlar ham juda yaxshi o‘yin namoyish etishyapti», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.













