Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Xummels Emboloning chetlatilishi haqida: «Ogohlantirish olib turib simulyasiya qilish — aqlsizlik»

Xummels Emboloning chetlatilishi haqida: «Ogohlantirish olib turib simulyasiya qilish — aqlsizlik»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mats Xummels Brel Emboloning chetlatilishi Shveysariya va Argentina o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalining burilish nuqtasi bo‘lganini ta’kidladi.

Hisob 1:1 bo‘lib turgan vaziyatda, allaqachon sariq kartochkasi bo‘lgan Shveysariya hujumchisi maydon markazida Leandro Paredes bilan kurashda yiqildi. VAR tizimi orqali vaziyatni ko‘rib chiqqan hakam Joau Pineyru argentinalik futbolchiga berilgan ogohlantirishni bekor qildi va simulyasiya qilgani uchun Embologa ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

«Allaqachon ogohlantirish olib turib, bunday tarzda simulyasiya qilish — bu aqlsizlik. Ayniqsa, hech qanday xavf tug‘dirmaydigan vaziyatda», — dedi Xummels Bild nashriga bergan intervyusida.

«Bu haqli ravishda berilgan sariq kartochka. Qandaydir o‘ylamay qilingan reaksiya uni simulyasiyaga qo‘l urishga majbur qildi. O‘sha vaziyatgacha Shveysariya Argentinani taranglikda ushlab turgandi, ammo bu epizod tufayli hammasini boy berdi».

Shveysariya o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlargacha olib bora oldi, ammo yakunda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 08:45, 13.07.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик