«Chelsi» markaziy himoyachisi Trevo Chaloba Milanning «Inter» klubiga katta ehtimol bilan o‘tmaydi.
27 yoshli futbolchi bir necha hafta davomida «neradzurrilar» safiga o‘tishi haqida faol mish-mishlar tarqalgan edi, biroq klublar o‘zaro kelishuvga erisha olishmadi. Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, «Inter»da londonliklarning 35 million yevro miqdoridagi talabini o‘ta yuqori deb hisoblashgan va shu sababli Angliya terma jamoasi himoyachisini sotib olish bo‘yicha urinishlarni to‘xtatishga qaror qilishgan.
Mish-mishlarga ko‘ra, Chaloba uchun kurashdan yana bir italyan klubi — «Komo» chiqib ketmagan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.













