O‘tmishning taniqli futbolchisi Rafael van der Vaart hujumchi Kilian Mbappeni "Real"dan ketishga chaqiruvchi petisiya haqida o‘z fikrini bildirdi. Ushbu petisiya 97 million imzo to‘plagan.
"Bu odamlarning vijdoni bo‘lishi kerak! U shunchaki dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Agar kimdir "Real"dan ketishi kerak bo‘lsa, u boshqa futbolchi bo‘lishi lozim. Kilian Mbappe borasida qanday qilib shubha qilish mumkin?!", - deya van der Vaartning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Kilian Mbappe "Real" safida 103 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 86 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Kilian Mbappening "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028/2029 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.













