Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Xoffenxaym» Asllani top-klubga sotilishi mumkinligini tasdiqladi

«Xoffenxaym» Asllani top-klubga sotilishi mumkinligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Xoffenxaym» bosh direktori Andreas Shiker klub hujumchi Fisnik Asllanining kelajagi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. 23 yoshli futbolchi Bundesligadagi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng top-klublar e’tiborini tortdi.

«Vaziyat shundan iboratki, hozir ham mamlakat ichida, ham xorijdagi klublar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Asllanining shartnomasida uni sotib olish bandi borligi ham sir emas», — dedi Shiker Kicker nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq mish-mishlarda Asllani Dortmundning «Borussiya»si, «Barselona», «Chelsi» va «Tottenxem» bilan bog‘langan edi. Asllani Bundesliganing 33 ta uchrashuvida 10 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan holda o‘zi uchun sermahsul mavsumni o‘tkazdi.

Kiritildi: 09:12, 14.07.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик