Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Rasman: Azar «Lans»ga qaytdi

Rasman: Azar «Lans»ga qaytdi

Baho:
+ | -

Belgiyalik yarim himoyachi Torgan Azar erkin agent sifatida «Lans»ga qaytdi. Bu haqda Fransiya klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchi klub bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Torgan Azarning bundan oldingi klubi Belgiyaning «Anderlext» jamoasi edi. Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining joriy bozor qiymati 2 million yevroni tashkil qiladi.

Futbolchi «Lans» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u ushbu klub tizimida 2007 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan. Bundan tashqari, belgiyalik o‘yinchi faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya», Myonxengladbaxning «Borussiya», PSV va boshqa bir qator jamoalarda to‘p surgan.

Kiritildi: 13:27, 14.07.2026.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик