Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Janubiy Afrika polisiyasi JCH-2026 da qatnashgan futbolchining vafoti yuzasidan tergov boshladi

Janubiy Afrika polisiyasi JCH-2026 da qatnashgan futbolchining vafoti yuzasidan tergov boshladi

Baho:
+ | -

Janubiy Afrika huquqni muhofaza qiluvchi organlari mamlakat milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Jeyden Adamsning vafoti yuzasidan rasmiy tergov boshladi.

Ma’lum qilinishicha, 25 yoshli futbolchining jasadi Keyptaun shahridagi Skose Kloof hududidagi uylardan birida topilgan. Hozircha uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani rasman oshkor etilmagan. Polisiya hodisa yuzasidan barcha holatlarni o‘rganmoqda.

Jeyden Adams yaqinda 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida Janubiy Afrika terma jamoasi safida ishtirok etgan edi. U guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham maydonga tushib, jamoasining mundial tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi. Biroq Kanada terma jamoasiga qarshi 1/16 final bahsida maydonga tushmagan.

Futbolchining kutilmagan vafoti Janubiy Afrika sport jamoatchiligini chuqur qayg‘uga soldi. Mamlakat futbolchilar uyushmasi, sport rasmiylari hamda ko‘plab futbolchilar Adamsning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Shu bilan birga, rasmiylar tergov yakuniga qadar uning o‘limi sabablari yuzasidan turli taxminlar tarqatmaslikka chaqirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:34, 14.07.2026.
O'qildi: 281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик