Massimiliano Allegri rasman «Napoli»ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Mutaxassis neapolliklar klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
«Men uchun bu ajoyib sarguzasht. Bu ulkan ishtiyoqqa ega bo‘lgan o‘ziga xos shahar. Men bu yerga «Napoli»ga biror narsani qaytarish uchun keldim», — deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio sayti.
«Barcha maqsadlar uchun kurashni mart oyiga qadar davom ettirish uchun maksimal professionalizm bilan ishlashimiz kerak», — dedi murabbiy.
Allegri, shuningdek, «Milan»dagi oxirgi mavsumini eslab o‘tdi, o‘shanda jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmagandi.
«Biz 2-turdan 36-turgacha kuchli uchlikda bo‘lganmiz, ammo so‘nggi o‘yinda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘ldan boy berganmiz. Bu men uchun unutilmas saboq bo‘lib qolgan».
Amaldagi tarkib haqida gapirar ekan, murabbiy futbolchilarni ish jarayonida ko‘rmasdan turib, ular haqida xulosa chiqarishni istamasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Allegri futbolchilik faoliyatida 1997/98 yilgi mavsumda «Napoli» safida yarim himoyachi sifatida to‘p surgan.













