Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

«Liverpul» Barkola transferi imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda

«Liverpul» Barkola transferi imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» vingeri Bredli Barkola faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist David Ornshteynning ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» fransiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni faol kuzatishda davom etmoqda. Biroq, agar Barkolaning transferi amalga oshmasa, «qizillar» boshqa muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqishmoqda. Barkola bilan Londonning «Arsenal» klubi ham qiziqmoqda, ammo «kanonirlar»ning ustuvor maqsadi «Aston Villa» futbolchisi Morgan Rojers hisoblanadi.

Bredli Barkola 2023 yilda «Lion»dan «PSJ»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning parijliklar klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda forvard parijliklar safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Barkolaning narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:56, 14.07.2026.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик