Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Paulo Dibala «Roma» bilan shartnomani uzaytirgach, maoshi sezilarli darajada kamaydi

Paulo Dibala «Roma» bilan shartnomani uzaytirgach, maoshi sezilarli darajada kamaydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Paulo Dibala «Roma»dagi faoliyatini davom ettirish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘ldi. 32 yoshli forvardning yangi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Insayder Janluka Di Marsio aniqlik kiritishicha, yangi bitimga ko‘ra, Dibala mavsum uchun uch million yevrodan kamroq maosh oladi. Avvalroq uning yillik maoshi taxminan sakkiz million yevroni tashkil etgan edi.

O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Dibala 2022 yilning yozidan buyon «Roma» safida to‘p surib kelmoqda.

Kiritildi: 19:27, 14.07.2026.
O'qildi: 334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик