Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Holand AQSHda Norvegiya milliy jamoasi xarid qilgan sovg‘alarning pulini to‘lab berdi

Holand AQSHda Norvegiya milliy jamoasi xarid qilgan sovg‘alarning pulini to‘lab berdi

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatidan so‘ng AQSHdan o‘ziga xos esdalik sovg‘asi — panjalarida shisha ushlab turgan yenot tulumini (qotirilgan hayvon tanasi) olib qaytdi. Futbolchi xaridi bilan tushgan suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Holand ushbu suvenirni Texas shtatining Dallas shahridagi Wild Bill’s Western Store kovboy uslubidagi kiyim va suvenirlar do‘konidan 750 dollarga xarid qilgan. Hozirda do‘konning rasmiy saytida shunga o‘xshash barcha tulumlar sotilib bo‘lgan.

Holand jamoadoshlari bilan birga do‘konda qariyb bir yarim soat vaqt o‘tkazgan va umumiy hisobda qariyb 10 ming dollarlik xaridni amalga oshirgan. Futbolchilar kovboy shlyapalari, yenot terisidan tikilgan bosh kiyimlar, etiklar, kamarlar va ko‘ylaklar xarid qilgan. Shuningdek, ularga olmaxon tulumlari ham yoqqan. Tulumlarning narxi 450 dollardan 750 dollargacha bo‘lgan. Do‘kon egasining aytishicha, barcha xaridlar uchun to‘lovni Holandning o‘zi amalga oshirgan.

Yenot panjalarida ushlab turgan shisha ham e’tiborni tortadi. U Buyuk Britaniyaning eng qadimiy ichimlik brendlaridan biri — Greenall’s mahsuloti hisoblanadi. Ushbu ichimlik 1761 yildan buyon ishlab chiqariladi. Kompaniyaga Tomas Deykin tomonidan Angliyaning Uorrington shahrida asos solingan. Yenot panjasidagi shishada esa “Imported” (“Import qilingan”) yozuvi aks etgan.

2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida Norvegiya terma jamoasi tarixda ilk bor chorak finalgacha yetib bordi. Biroq jamoa 12 iyul kuni Angliyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Turnirdan so‘ng Oslo shahriga qaytgan Holand samolyot zinapoyasidan yenot tulumi bilan tushayotgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 01:45, 15.07.2026.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик