Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Uilyamsga bir yo‘la APLning uchta klubi da’vogar

Uilyamsga bir yo‘la APLning uchta klubi da’vogar

Baho:
+ | -

«Nottingem» himoyachisi Neko Uilyams shu yoz jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, «Tottenxem» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga qo‘shildi. Shuningdek, mish-mishlarda o‘yinchining «Manchester Yunayted» yoki «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda, shu bois endi Angliya klublari Uilyams uchun jiddiy raqobat olib borishadi.

Neko Uilyams 2022 yilda 20 million yevro evaziga «Liverpul»dan «Nottingem»ga o‘tgan edi. Uning «o‘rmonchilar» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali vallik futbolchini 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:06, 15.07.2026.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик